startup
FR13NDS
Har bir gadjetingizda yashaydigan shaxsiy AI do'st: bitta ong, ko'p tana.
- Rol
- Asoschi, arxitektor va yagona dasturchi
- Davr
- okt, 2026
- Texnologiyalar
- GoPostgreSQL (RLS)WebAuthnReactTypeScriptViteFlutterPythonfaster-whisperTelegram Bot APIClaudeDockersystemd

Muammo
Gadjetlar bizni tanimaydi, AI yordamchilar esa begona bulutda yashaydi va ma'lumotni sotadi.
Yechim
O'zimizniki bo'lgan server, passkey, RLS izolyatsiya, agent xavfsizlik siyosati va lokal ovoz bilan shaxsiy AI do'st.
Natija
Ishlayotgan v2: passkey auth, suhbat, Telegram, savdo agentlari, guard, watchdog, ovoz — hammasi testlar bilan.
FR13NDS — mening startapim. G'oya oddiy: bugun insonning eng yaqin do'sti uning gadjetlari, lekin ular uni tanimaydi. FR13NDS shu gadjetlar ichida yashaydigan, egasini taniydigan va u kabi qaror qiladigan do'st.
Tizim "bitta ong, ko'p tana" tamoyilida qurilgan: ong — Go va PostgreSQL'dagi server, tanalar — veb panel, Telegram bot, telefon ilovasi va keyinchalik bilaguzuk, soat, ko'zoynak. Har bir foydalanuvchining ma'lumoti PostgreSQL row-level security bilan bazaning o'zida ajratilgan, kirish parolsiz — faqat passkey (WebAuthn).
Onboarding suhbati foydalanuvchi profilini va qarorlar jurnalini yaratadi. Savdo moduli: "Ovchi" agent shahardagi bizneslarni topadi, kod har bir topilmani tekshiradi, "Sotuvchi" birinchi xabarni yozadi, inson Telegram'da tasdiqlaydi. Agentlarning har bir harakati L0–L3 xavfsizlik siyosati orqali o'tadi: shell buyruqlari parse qilinadi, xavfli amallar rad etiladi yoki egadan ruxsat so'raladi.
Infratuzilma o'zini o'zi kuzatadi: ichki va tashqi watchdog, ikkinchi xatodan keyin Telegram'ga ogohlantirish. Ovoz lokal GPU'da faster-whisper bilan tanib olinadi — audio mashinadan chiqmaydi.